DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/503 ISSN:

BOTU IJODINING BADIIY XUSUSIYATLARI

Fotima Gapparova

Mazkur maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining iste’dodli namoyandasi Botu (Mahmud Hodiyev) ijodida davr va zamon ruhining badiiy talqini tahlil etilgan. Shoirning she’riy, nasriy va dostonchilik merosi misolida ma’rifatparvarlik, ozodlik, ijtimoiy adolat, milliy qadriyatlar hamda inson qadr-qimmatini ulug‘lash g‘oyalari yoritiladi. Tadqiqotda Botuning “Isyon” she’ri, “O‘tmishdan bir ertak” dostoni va “Hayit harom bo‘ldi” hikoyasi asosida davr voqeliklarini badiiy aks ettirish usullari, qahramonlar ruhiyati, ramziy obrazlar, metafora, satira va xalqona til vositalarining qo‘llanilishi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, yozuvchining zamondoshlari xotiralari asosida uning shaxsiy fazilatlari hamda ijodiy qarashlari yoritilib, Botu merosining o‘zbek adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni baholanadi. Tadqiqot natijasida Botu ijodi milliy adabiyotimizda davr ruhi, ijtimoiy tafakkur va insonparvarlik g‘oyalarini yuksak badiiy mahorat bilan ifodalagan muhim adabiy hodisa ekanligi xulosalanadi.

More from our Archive