DOI: 10.70413/yoitj-v03-i10-a9764 ISSN: 3030-3559
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MULOQOT MADANIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Feruza Raxmatovna FayzullayevaMaqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida muloqot madaniyatini takomillashtirishning nazariy asoslari va amaliy yo‘llari tahlil qilinadi. Muloqot madaniyati nutqning to‘g‘riligi, aniqligi va ifodaliligi, tinglay olish, suhbatdoshni hurmat qilish hamda nutq odobi me’yorlariga rioya qilish kabi tarkibiy qismlarning yaxlit tizimi sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatiga oid ilmiy ishlar va O‘zbekistonning PIRLS 2021 xalqaro tadqiqotidagi natijalari tahlil qilinadi. Maqolada muloqot madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik usullar, mashq turlari va o‘qituvchi faoliyati bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.