BOLALARDA TUNGI ENUREZNING KLINIK- NEYROFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA NEUROFEEDBACK USULI BILAN KOMBINATSIYALANGAN DAVOLASH SAMARADORLIGI
Salixova SaodatxonTungi enurez - bolalarda uchraydigan ko‘p omilli neyro-rivojlanish buzilishi bo‘lib, u uyqu davrida siydikni ixtiyorsiz ajratish bilan namoyon bo‘ladi. Kasallikning asosida bosh miya po‘stlog‘i va pastki tuzilmalar o‘rtasidagi boshqaruv tizimining yetilmaganligi hamda vazopressin gormoni sekresiyasining tunda kamayishi yotadi. Ushbu tadqiqotda enurezli bolalarning klinik va EEG ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, nootrop bilan birgalikda EMG-rejimidagi Neurofeedback terapiyasining samaradorligi baholandi. Kombinatsiyalangan davodan so‘ng “quruq tunlar” sonining ortishi, uyqu sifati va hissiy barqarorlikning yaxshilanishi kuzatildi. 70-80 % bolalarda o‘xshash holat ota-onalarida ham aniqlangan bo‘lib, bu kasallikning irsiy omiliga ishora qiladi. Klinik, neyrofiziologik va ruhiy-hulq atvor holatni baholashni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv tungi enurezni erta aniqlash va individual davolash usullarini ishlab chiqishda samarali yo‘l hisoblanadi.