DOI: 10.63294/afucon/vol11iss1/324 ISSN:
BOLALARDA AFTOZ STOMATITNI DAVOLASH- NING ZAMONAVIY USULLARI
Omonova Shodiyona Farxod qiziMaqolada bolalarda uchraydigan aftoz stomatit kasalligini davolashning zamonaviy va samarali usullari yoritilgan. Tadqiqot davomida 6–14 yoshli 60 nafar bemor ishtirokida an’anaviy, lazerli va kompleks davolash usullari solishtirildi. Natijalarga ko‘ra, lazer terapiyasi, probiotiklar va immunomodulyatorlarni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv aftozlarning bitish muddatini 3–4 kungacha qisqartirgan, og‘riq sindromini kamaytirgan va kasallikning qaytalash chastotasini 60 foizga pasaytirgan. Zamonaviy usullar bolalarda og‘iz shilliq qavati tiklanishini tezlashtiradi va davolash samaradorligini oshiradi.