DOI: 10.63294/afucon/vol11iss1/219 ISSN:
BO‘LAJAK SHIFOKORLARNING BIOETIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING TRENING ASOSLARI
Babadjanova Gulchexra BaxtiyarovnaBo ‘lajak shifokorlarning bioetik ko’nikmalarini shakllantirishda treninglar tashkil etish orqali tanqidiy fikrlash targ‘ib qilinadi, shifokorlarga tez o‘zgaruvchan biotibbiyot texnologiyalari dunyosida harakat qilish va qiyin vaziyatlarda ongli qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Deontologik kompetentlikni rivojlantirish uchun “Keys-stadi” usulini qo‘llash talabalarda bioetik fikrlash, axloqiy yechim topishi va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun mo‘ljallangan. Bunda talabalar vaziyatni o‘rganishlari, muammolarning mohiyatini tushunishlari, mumkin bo‘lgan yechimlarni taklif qilishlari va eng yaxshisini tanlashlari mumkin.