DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/512 ISSN:

BOBUR OILASIDA FARZAND TARBIYASI

Gulnoza Samadova

Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari – boburiylar sulolasining ilm-fan, adabiyot va madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi tadqiq etiladi. Unda Boburning farzandlari Humoyun, Komron, Askariy, Hindol Mirzolar hamda Gulbadan begimning ijodiy merosi, ularning shoirlik va tarixnavislik faoliyati yoritilgan. Maqolada Boburning farzandlar tarbiyasi, ularni ilm-ma’rifatga yo‘naltirish borasidagi sa’y-harakatlari, xususan, maktublari va “Mubayyin” asarining ma’rifiy ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, Humoyun Mirzo, Komron Mirzo, Askariy Mirzo va Hindol Mirzolarning she’riy merosi, Gulbadan begimning “Humoyunnoma” asari hamda boburiylar sulolasining keyingi avlodlari tomonidan adabiy an’analar davom ettirilgani haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijasida boburiylar sulolasi nafaqat siyosiy hukmdorlar, balki ilm-fan, she’riyat va tarixnavislik rivojiga katta hissa qo‘shgan ijodkorlar sulolasi sifatida namoyon bo‘ladi.

More from our Archive