BIR YOSHGACHA BO’LGAN CHAQOLOQLARDAGI NEKROTIK ENTEROKOLITLARNING PATOMORFOLOGIYASI
Chartakov Dilmurod KaxromonovichYangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolit (NEK) ichakning yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, neonatal gastroenterologiyada eng xavfli kasalliklardan biri hisoblanadi. Nekrozlovchi enterokolit bilan kasallanishning o‘rtacha xolati 2,4:1000 yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni (1 dan 10:1000 gacha) yoki neonatal intensiv terapiya bo‘limlariga yotqizilgan umumiy bolalarning taxminan 2,1% (1 dan 7% gacha) ni tashkil qiladi. Kasallikning uchrashi bola tug‘ilganda gestatsiya muddatining qisqarishi bilan ortadi. NEK bilan kasallanishning 10-20% muddatida tug‘ilgan chaqaloqlar ulushiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi yillarda nekrotik enterokolit tana vazni kichik bo‘lgan erta tug‘ilgan chaqaloqlar orasida kasallanish va o‘limning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Kasallikning tashxis qo‘yish qiyin bo‘lgan dastlabki bosqichlarida eng muhim diagnostika omillarini faol o‘rganish neonatologlar va bolalar jarroxlarini birinchi vazifalaridan biri bo‘lib, davolash usuli tanlash muhim vazifa bo‘lib kolmokda.