DOI: 10.63294/afucon/vol11iss1/209 ISSN:

BIR BUYRAKLI HOMILADOR AYOLLARDA PREEKLAMPSIYANING KECHISHI XUSUSIYATLARI VA SOLISHTIRMA TAHLIL

Boynazarova Kumushbibi Ziyodullo qizi, Tugizova Dildora Ismailovna

Homiladorlik fiziologik jarayon bo`lishiga qaramasdan, ayrim hollarda buyrak faoliyatining cheklanganligi homiladorlikning qiyin va asoratli kechishiga sabab bo`ladi. Bir buyrakli (tug`ma yoki jarrohlik yo`li:orttirilgan) ayollar gipertenzion buzilishlar borasida yuqori xavfli guruhga kiradi, chunki buyraklarning kompensator imkoniyatlari cheklangan bo`ladi. Ushbu tadqiqotda bir buyrakli ayollarda homiladorlik vaqtida preeklampsiya kechishining o`ziga xos jihatlari o`rganildi va laborator ko`rsatkichlar tahlil qilindi. Tadqiqot davomida 45 nafar homilador ayol ishtirok etdi, shulardan 15 nafari asosiy (bir buyrakli) guruhni, 30 nafari esa nazorat guruhini tashkil etdi. Barcha bemorlarda umumiy klinik ko‘rsatkichlar, arterial bosim, siydik tahlili va ultratovush tekshiruv natijalari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bir buyrakli ayollarda preeklampsiya rivojlanish xavfi ancha yuqori bo‘lib, kasallikning kechishi ko‘proq og‘ir shaklda namoyon bo‘ladi. Ularning aksariyatida proteinuriya va arterial gipertenziya erta davrlarda aniqlangan. Shu bilan birga, shahar va qishloq joylarda yashovchi ayollar o‘rtasida tibbiy kuzatuv sifati va erta tashxis darajasida sezilarli farqlar kuzatildi. Maqolada shuningdek, bunday holatlarda erta profilaktika, muntazam laborator va instrumental nazorat, hamda homiladorlikni yuqori xavfli sifatida yuritish zarurligi ta’kidlanadi. Olingan ma’lumotlar perinatal asoratlarning oldini olishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, tibbiyot xodimlariga individual yondashuv asosida homiladorlikni boshqarishda yordam beradi.

More from our Archive