DOI: 10.63294/afucon/vol12iss1/21 ISSN:
BIOLOGIK AKTIVLARNI TASNIFLASH VA TAVSIFLASHNING MUNOZARALI JIHATLARI
Dilshodjon Salimjonovich ZiyayevMazkur tezisda biologik aktivlarni tasniflash va tavsiflashning nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, xalqaro standartlar (IAS 41, IFRS) hamda milliy buxgalteriya standartlari bo‘yicha yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida turli olimlar tomonidan ilgari surilgan qarashlar taqqoslandi, mavjud munozarali jihatlar tahlil qilindi hamda yagona metodologik yondashuvni ishlab chiqish zarurligi asoslab berildi. Tezisda nazariy tushunchalar bilan bir qatorda, tahliliy misollar va amaliy tavsiyalar ham keltirilgan.