DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/493 ISSN:

“BILGA XOQON” ROMANIDA TARIXIY FAKTLAR TALQINI MASALASI

Dildora Ibragimova

Mazkur maqolada Isajon Sultonning “Bilga xoqon” romanida tarixiy faktlarning badiiy talqini masalasi tahlil qilinadi. Asarda tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima o‘rtasidagi munosabat, muallifning tarixiy voqealarni zamonaviy badiiy tafakkur asosida qayta talqin etish tamoyillari yoritiladi. Shuningdek, tarix fanida qo‘llaniladigan tarixiy faktlar talqinining asosiy turlari — diniy, taraqqiyotning chiziqli, madaniyatlar tarixi hamda sivilizatsion yondashuvlar roman misolida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida tarixiy roman janrida tarixiy manbalar va badiiy interpretatsiya uyg‘unligi milliy tarixiy xotirani tiklash hamda tarixiy shaxs obrazini badiiy-estetik jihatdan yoritishda muhim omil ekanligi asoslanadi.

More from our Archive