DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/490 ISSN:

“BILGA XOQON” ROMANIDA JANG SAHNALARI: TARIXIY MANBA VA BADIIY TALQIN

Dildora Ibragimova

Mazkur tezisda Isajon Sultonning “Bilga xoqon” romanida janglar tasvirining tarixiy va badiiy asoslari tahlil qilinadi. Asarda Orxon-Yenisey bitiklarida qayd etilgan janglar, xususan, Bilga xoqonning to‘qqiz o‘g‘uz, o‘n o‘q, qirg‘iz va tabg‘ach xalqlari bilan olib borgan harbiy yurishlarining badiiy talqini o‘rganiladi. Muallifning tarixiy faktlarga sodiq qolgan holda ularni syujet, obraz va dialoglar vositasida qayta badiiylashtirish usullari yoritiladi. Tadqiqot natijasida roman tarixiy manbalar va badiiy to‘qimaning uyg‘unligi asosida yaratilgani hamda jang tasvirlari orqali turkiy davlatchilik, harbiy strategiya va milliy birlik g‘oyalarining badiiy ifodasi namoyon bo‘lishi asoslanadi.

More from our Archive