BANKLARDA RAQAMLI MARKETINGDAN FOYDALANISHNING OʻZIGA XOS JIHATLARI
Boboxoʻjayeva Bibifotima QahramonovnaMazkur maqolada banklarda raqamli marketingdan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilindi. Tadqiqotda raqamli marketingning bank sektoriga xos xususiyatlari, jumladan, tartibga solish talablari, mijoz xatti-harakatining yuqori ishtirokliligi, maʼlumotlar xavfsizligi va omnikanal integratsiya zaruriyati o‘rganildi. Raqamli marketing kanallari funksional jihatdan tizimlashtirilib, ularning mijozlarni jalb qilish va saqlashdagi roli asoslandi. CRM tizimining marketing bilan integratsiyasi shaxsiylashtirilgan xizmatlar samaradorligini oshirishi aniqlangan. Kontent marketing strategiyasida moliyaviy savodxonlikni oshirish muhim omil sifatida baholandi. Natijalar banklarda raqamli marketingni tizimli joriy etish mijozlar sadoqati va marketing samaradorligini oshirishini ko‘rsatdi.