DOI: 10.63294/afucon/vol2iss1/522 ISSN:

BADIIY MATNDA SIFAT DARAJALARINING QO‘LLANISHI

Maxbuba Maxmadiyorova

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi sifatlarning daraja shakllari va ularning badiiy matndagi uslubiy hamda estetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sifatlarning oddiy, qiyosiy va orttirma daraja shakllarining grammatik tabiati, ularning obraz yaratish, muallif munosabatini ifodalash hamda badiiy nutqning ta’sirchanligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, daraja shakllarining manzara tasviri, qahramon xarakteri va ruhiy holatini ochib berishdagi imkoniyatlari misollar asosida izohlanadi. Tadqiqot natijalari sifat daraja shakllari badiiy matnda muhim uslubiy vosita sifatida xizmat qilishi, muallifning individual uslubini shakllantirishi va asarning estetik qiymatini oshirishini ko‘rsatadi.

More from our Archive