BADIIY ASARDA TARIXIYLIK KONSEPSIYASI
Dildora IbragimovaMazkur tezisda badiiy asarda tarixiylik konsepsiyasining nazariy asoslari hamda uning zamonaviy o‘zbek tarixiy nasridagi ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tarixiylik konsepsiyasining tarixiy fakt va badiiy to‘qima uyg‘unligi asosida shakllanishi, tarixiy voqealar va shaxslar talqinidagi estetik mezonlar yoritiladi. Shuningdek, XXI asr o‘zbek adabiyotida tarixiy tafakkurning yangilanishi, tarixshunoslik yutuqlarining badiiy adabiyotga ta’siri Isajon Sultonning “Bilga xoqon” romani misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida tarixiylik konsepsiyasi milliy tarixiy xotirani badiiy shaklda tiklash, tarixiy haqiqatni zamonaviy estetik tafakkur asosida talqin etish hamda tarix va adabiyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni namoyon etuvchi muhim badiiy-estetik tamoyil ekanligi asoslanadi.