DOI: 10.70413/cajei-v05-i10-a9809 ISSN: 2181-4481
AYOLLAR JAZO MUDDATINI O‘TAYDIGAN JAZONI IJRO ETISH MUASSASASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Izzatilla Sunnat o‘g‘li NasirovInson huquqlarini ta’minlash va jinoyat-ijroiya qonunchiligini insonparvarlashtirish sharoitida ayol mahkumalar ushlab turiladigan muassasalar faoliyatini takomillashtirish va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Ayollar jinoyatchiligi va jazoni ijro etish tizimi o‘zining psixologik, fiziologik va ijtimoiy-maishiy jihatlari bilan erkaklar koloniyalaridan keskin farqlanadi.