DOI: 10.63294/afucon/vol3iss1/610 ISSN:
ARAB TILINI Oٌ‘RGANISHNING KASBIY YO‘NALISHLARI
Jo‘rayeva Zilola Mirobit qizi, Rahimjanov Masrur NugmanovichMazkur maqola arab tilini chuqur o‘rganishning kasbiy yo‘nalishlardagi dolzarbligini tahlil qiladi. Asosiy e'tibor global iqtisodiyot va geosiyosatda Arab davlatlarining o‘sib borayotgan roli nuqtai nazaridan, turizm, xalqaro diplomatiya va biznes sohalarida arab tiliga bo‘lgan yuqori talabga qaratiladi. Tahlilda nafaqat lisoniy malaka, balki madaniy-kasbiy kompetensiyaning ahamiyati ham asoslanadi. Xulosada arab tilini bilish zamonaviy mutaxassis uchun raqobatbardoshlik kafolati ekanligi ta'kidlanadi.