DOI: 10.63294/afucon/vol3iss1/586 ISSN:

ARAB TILIDAGI FE’L BOBLARINING SEMANTIK GURUHLARI VA ULARNING HOSILASI

Abdurasulova Nihola Alisher qizi, Fayziyev Shamsuddin Sadriddinovich

Mazkur maqolada arab tilidagi fe’l boblarining semantik xususiyatlari, ularning ma’no guruhlari va hosila shakllarining funksional imkoniyatlari lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Arab tilida fe’l boblari nafaqat grammatik, balki chuqur semantik yuklama tashuvchi tizim bo‘lib, har bir bob harakatning intensivligi, o‘zaro ta’siri, sababiyligi, davomiyligi yoki refleksivligini ifodalaydi. Tadqiqot jarayonida klassik va zamonaviy arab tilshunosligi manbalari asosida fe’l boblarining semantik tasnifi ishlab chiqildi hamda ularning hosila shakllari (ism al-fā‘il, ism al-maf‘ūl, masdar va boshqalar) orqali ma’no kengayishi ko‘rsatib berildi. Maqola natijalari arab tilini o‘qitish metodikasi, tarjima nazariyasi va semantik tahlil sohalarida amaliy ahamiyat kasb etadi.

More from our Archive