DOI: 10.63294/afucon/vol3iss1/572 ISSN:
ARAB TILIDA FE’L ZAMONLARINING TURLARI: NAZARIY ASOSLAR VA QUR’ONI KARIMDAGI QO‘LLANISHI
Zahro O‘tkirova Doniyor qizi, Baxrom DaminovUshbu maqolada arab tilining asosiy grammatik birliklaridan biri bo‘lgan fe’l va uning zamon bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilinadi. Arab tili tarixiy, diniy va ilmiy merosni yetkazuvchi muhim til sifatida taqdim etilar ekan, undagi fe’l kategoriyasi nafaqat ma’no, balki zamon bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan lingvistik birlik sifatida yoritiladi. Shuningdek, arab tilida fe’llarning uch asosiy zamonga — (الماضيo‘tgan), ( المضارعhozirgi–kelasi) va (األمرbuyruq) ga bo‘linishi bayon qilinadi. Maqolada Qur’oni karimdagi fe’llarning qo‘llanishiga doir misollar keltirilib, ular orqali fe’llarining Qur’on matnida qanday ishlatilgani keltiriladi.