DOI: 10.63294/afucon/vol3iss1/614 ISSN:
ARAB TILI GRAMMATIKASINI O‘QITISHDA KOMMUNIKATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI
Umaraliyeva MushtaribonuMaqolada arab tili grammatikasini o’qitishda kommunikativ yondashuvning o’rni va ahamiyati tahlil etilgan. Grammatik bilimlarni faqat nazariy emas, balki nutq faoliyati orqali o’zlashtirish masalasi yoritilgan. Kommunikativ yondashuv asosida o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish, grammatik kompetensiyasini mustahkamlash masalalari ko’rib chiqilgan. Shuningdek, ushbu yondashuvning samarali tomonlari va amaliy tavsiyalari yuzasidan ma’lumotlar berilgan.