ALISHER NAVOIYNING “LISON UT-TAYR” DOSTONIDA KO‘CHMA MA’NOGA ASOSLANGAN BADIIY TIL VOSITALARINING QO‘LLANILISHI
Gavxar MusayevaMazkur maqolada Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida qo‘llangan ma’no ko‘chish hodisalari va ularning badiiy-estetik vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda badiiy matn obrazliligini ta’minlovchi asosiy stilistik vositalardan bo‘lgan metafora, metonimiya, sinekdoxa va epitetlarning doston mazmunini ochishdagi o‘rni yoritilgan. Xususan, shoirning qushlar timsoli orqali insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, ruhiy izlanishlari va tasavvufiy g‘oyalarni ifodalash mahorati tahlil etiladi. “Lison uttayr”da Semurg‘, Hudhud, tovus, kuf, shunqor, kabki kabi obrazlarning ramziy va metaforik xususiyatlari ochib berilib, ular orqali inson xarakteri va ma’naviy kamolot yo‘li badiiy talqin qilinganligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, asarda metonimiya va sinekdoxaning qo‘llanishi, ularning obrazlilik, ixchamlik va falsafiy mazmunni kuchaytirishdagi ahamiyati misollar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijasida Alisher Navoiy ma’no ko‘chish vositalaridan yuksak badiiy mahorat bilan foydalanib, poetik tasvirning ta’sirchanligi va estetik qiymatini oshirgani aniqlanadi. Maqola mumtoz o‘zbek adabiyotining lingvopoetik xususiyatlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.