DOI: 10.70413/yoitj-v03-i10-a9059 ISSN: 3030-3559
ALISHER NAVOIYNING ARAB TILI VA TURKIY TIL TARAQQIYOTI O‘RTASIDAGI ILMIY-ADABIY ALOQALARGA QO‘SHGAN HISSASI
Ruqiya Muhammatovna AbdullayevaMazkur maqolada Alisher Navoiyning arab tili va turkiy til taraqqiyoti o‘rtasidagi ilmiy-adabiy aloqalarga qo‘shgan hissasi tarixiy-lingvistik va qiyosiy-filologik jihatdan tahlil qilinadi. Shoirning arab tiliga munosabati, arabiy ilmiy-ma’naviy merosning uning dunyoqarashi va ijodiga ta’siri, arabcha leksik birliklarning badiiy matnlardagi vazifasi hamda «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Xamsa» va «Nasoyim ul-muhabbat» asarlarining tilshunoslik nuqtayi nazaridan ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, Navoiy faoliyatini arab tilining bevosita grammatik taraqqiyotiga qo‘shilgan hissa sifatida emas, balki arabiy ilmiy-madaniy an’analar bilan turkiy adabiy til o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish doirasida baholash zarurligi asoslanadi.