DOI: 10.63294/afucon/vol3iss1/605 ISSN:

ABU ALI IBN SINO VA ABU HOMID G‘AZZOLIYNING “RISOLAT UT TAYR” ASARLARINING QIYOSIY TAHLILI

Kasimoxunova Nargizaxon, Halimova Shahlo To‘lqin qizi

Ushbu maqolada Ibn Sino va Imom G‘azzoliy qalamiga mansub “Risolat ut-tayr” asarlarining mazmuniy, timsoliy va falsafiy-irfoniy jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda har ikki risolada qush obrazi ruhning ilohiy manzilga intilishi timsoli sifatida qanday talqin etilishi, ruhiy sayohatning maqsadi, undagi majoziy qatlamlar, shuningdek, mualliflarning dunyoqarashi va ilmiy-ma’rifiy yondashuvlaridagi farqlar yoritiladi. Arab tilida yaratilgan har ikki asarning Sharq adabiy muhitida tutgan o‘rni tahlilga tortilgan.

More from our Archive