ABDURAHMON AL –HOMISIY HIKOYA VA SHERLARINING G‘OYAVIY JANRI VA BADIY XUSUSIYATLARI
Otaxanova Jamila AkbaraliyevnaUshbu maqolada arab adabiyotining yirik namoyondalaridan biri – Al – Homisiyning xayoti, ijodi jahon adabiyoti bilan bog‘liq qarashlari va milliy – ozodlik g‘oyalariga asoslangan ijtimoiy va siyisiy pozitsiyasi atroflicha taxlil qilingan. Muallifning qisqa xikoya, novella va sheriy janrlaridagi maxoratli ijodi undagi reallik va insonparvarlik,vatanparvarlik g‘oyalari keng yoritiladi. Aynan “O’lim pechkalari’’, “Biz o’lmaymiz”, “Po’lat” kabi xikoyalarida Misr, Keniya va Jazoir xalqlarining mustamlakachilikka qarshi kurashi badiy talqin etilgani ta‘qidlangan. Shuningdek shoirning “Ikki daryo oralig‘i” sheriy to’plamidagi foris timsoli orqali arab xalqlarining qahramonlik an’analari, milliy g‘ururi va o’zini tiklash g‘oyalari ochib berilgan. Maqolada al homisiy ijodining o’ziga xosligi , badiiy uslubi va arab adabiyotida tutgan o’rni ilmiy asosda yoritilgan.