ABDULLA ORIPOV ASARLARIDA METAFORANING QO‘LLANISHI
Sarvinoz Yo`ldoshevaMazkur maqolada metafora hodisasining lingvistik mohiyati, uning shakllanish jarayoni va badiiy nutqdagi o‘rni tahlil qilingan. Unda so‘z ma’nosining rivojlanishi, to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolar o‘rtasidagi munosabatlar hamda metaforaning ma’no ko‘chish usuli sifatidagi xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqotda metafora tushunchasining tarixiy ildizlari, xususan, Aristotelning “Poetika” asaridagi qarashlari hamda zamonaviy tilshunoslikdagi talqinlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, metaforaning lingvistik, grammatik va semantik jihatlari badiiy matnlar misolida tahlil qilinib, uning obrazlilik, ta’sirchanlik va estetik mazmun yaratishdagi ahamiyati ochib berilgan. Maqolada metaforaning nafaqat stilistik vosita, balki tafakkur va til munosabatlarini aks ettiruvchi murakkab lingvistik hodisa ekanligi asoslangan.