DOI: 10.70413/cajar-v04-i10-a8759 ISSN: 3030-3397

ОБОГАЩЕНИЕ КАЛИЙНЫХ РУД: СОВРЕМЕННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ПЕРСПЕКТИВЫ ИХ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ

Нурзод Ихтиёрович Носиров, Бекзод Хасан угли Нурматов

Maqolada asosan silvinit, galit va karnallitdan tashkil topgan kaliy rudalarini boyitishning asosiy texnologik xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Kaliyli xomashyoni qayta ishlashning asosiy usullari, jumladan, flotatsion boyitish, eritishkristallash va kombinatsiyalangan texnologik sxemalar tahlil qilingan. Silvinit rudalaridan silvinni flotatsiya usulida ajratib olish, reagentlarni tanlash, granulometrik tarkib, shlam miqdori va suyuq faza tarkibining jarayon samaradorligiga ta’siriga alohida e’tibor qaratilgan. Kaliy xloridni ajratib olish darajasini oshirish va kaliy konsentrati sifatini yaxshilashga qaratilgan mahalliy va xorijiy olimlarning tadqiqot natijalari tahlil qilingan. Boyitish samaradorligi nafaqat dastlabki ruda mineral tarkibiga, balki maydalash rejimi, shlamlarni oldindan chiqarib tashlash, flotoreagentlarning turi va sarfi, shuningdek, konditsiyalash va flotatsiya parametrlariga ham bog‘liq ekanligi ko‘rsatilgan. Kaliy rudalarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilangan

More from our Archive